So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

29 iyu 14:24
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

Zamonaviy beshkurashchilarimiz Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarilishdi

SHu yil 23-28 iyun kunlari Qozog'istonda zamonaviy beshkurashning triatl (uch xil sport turi) yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli debyut qildi. Zamonaviy beshkurashning triatl turi o'z ichiga suzish, yugurish va o'q otish yo'nalishlarini qamrab oladi. Musobaqa har bir sport turi bo'yicha tanaffuslarsiz, doimiy rejimda o'tkaziladi.

Osiyo chempionatining U13 yosh toifasida hamyurtimiz Kira Coy shaxsiy hisobda bronza medaliga sazovor bo'lgan bo'lsa, Muslim Izmailov va Sadriddin Qobiljonov kuchli ettilikdan joy olishdi.

Ahamiyatlisi, mikst (aralash) estafetasida jamoamiz birvarakayiga uchta medalni qo'lga kiritdi.

Kira Coy va Muslim Izmailov U13 toifasida, Samira Abzalova hamda Asliddin Baxtiyorov 15 yoshgacha bo'lgan sportchilar toifasida kumush medalga sazovor bo'lishdi.

U17 toifasida ishtirok etgan SHahrizoda Samandarova hamda Sadriddin Qobiljonovga esa bronza medallari nasib etdi.

Sportchilarimiz O'zbekistonga qaytib kelishgach, joriy yilning 13-19 sentyabr kunlari Iskandariya (Misr) shahrida bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing