So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

24 dek 13:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Kikboksing, Muaytay

Zarif SHukurov: “Birdan-bir maqsadim UFCda jang qilish”

Teglar :  BoksMuaytaySHukurov
Yurtimizda jangovar - kikboksing, muaytay, qo'l jangi kabi olimpiya dasturidan o'rin olmagan bo'lsada, muxlislarning diqqat etiborida turadigan sport turlari ham tobora ommaviylashib bormoqda.

Bunga misol tariqasida jahon arenalarida ushbu sport turi bo'yicha ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritayotganligimiz ham yorqin misol bo'la oladi. Qolaversa, yurtimizda ushbu sportning havaskor va profi yo'nalishida ham bir qator nufuzli turnirlar o'tkazilishi ananaga aylanib borayapti.

Bir so'z bilan aytganda ushbu sport  turlari bilan ko'plab yoshlarimiz mashg'ulotlar olib bormoqda. Bu o'z o'rnida xuquqni muxofaza qilish tizimida xizmat qilayotganlarga ham qo'l kelayotganligi sir emas. Bugungi kunda bir qator ushbu yo'nalishlarda chempionlarimizga egamiz.

Avvalgi sonlarimizda ham bir qator chempionlarimiz bilan bo'lgan suxbatni etiboringlarga xavola qilgan edik. Bu safar ham ananamizga sodiq qolgan xolda, kikboksing va muaytay bo'yicha bir necha marotaba O'zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g'olibi Zarif SHukurov bilan muloqotimizni etiboringlarga taqdim etamiz.

“NEWS ARENA” MA'LUMOTNOMASI

Zarif SHukurov - 1984 yil 25 iyulda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tavallud topgan. 12 yoshidan buyon sportning boks, kikboksing va muaytay turlari bilan muntazam shug'ullanib keladi. Birinchi murabbiyi Furqat Muxsinov. Keyinchalik Rahmatjon Ro'zioxunov, Rashid Akalboevlar qo'l ostida mashg'ulotlar olib borgan.

Hozirda Sunnat Ilyasov murabbiyligi ostida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Kikboksing, Muaytay bo'yicha havaskor va profi yo'nalishi bo'yicha bir necha marotaba O'zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar sovrindori, 2012 yil K-1 yo'nalishida Osiyo chempioni. Malumoti oliy. 2011-2015 yillarda Toshkent davlat moliya institutining menejment fakultetini tamomlagan.


Sport olamiga tashrif

- Sportga 12 yoshimdan kirib kelganman. Abdurasul amakim nimanidir payqagan shekilli meni boks to'garagiga olib borgan.  Ushbu yoshimga qadar uyda qoplarga qum va somon to'ldirib, urib yurardim. Mustaqil ravishda yugurib, o'ziga xos mashqlarni bajarib turardim. “Yoshlik – beboshlik” deyishadiku, maktabda va ko'cha-ko'yda bolalar bilan ko'p bora mushtlashib ketardim. Uyga har doim kiyimlar yirtilgan, biror joyim lat emasdan qaytmasdim. Balki o'shandagi sho'xliklarim hozir qo'l kelayotgandir deb o'ylab qolaman.  Bunday harakterimni ko'rgan amakim sport bilan jiddiy shug'ullanishimni nasixat qilib, o'zi bosh bo'lib to'garakka olib borgan edi.

Polvonlar avlodiman

- Amakimni birinchi so'zi sen polvonning nabirasisan.  Bobonga xos yigit bo'lgin deb aytgan edi. Bobom viloyatimizda dong taratgan polvon bo'lgan ekan. Kurashda ham ko'pkarida ham oldiga tushadigani bo'lmagan deyishadi. Yoshligimda biror bir musobaqada g'alaba qozonsam. Ko'cha-ko'yda yoshi ulug' otaxonlar SHukur polvonni nabirasi bo'libsan deb aytib qolishardi. SHu manoda bobomga munosib izdosh bo'la oldim deb o'ylayman.

Qiyinchiliklar ortda qoldi

- Oddiy dexqon oilasidan chiqqanman. Yoshligimda bir qator qiyinchiliklarga duch kelganman. Vaqti kelganda sport anjomlarini olishga qurbim etmay qolgan. Yoki sport kiyimlari borasida muammolar paydo bo'lgan. Lekin bu xolatlar meni sportga bo'lgan qiziqishimni pasaytira olmagan.

Qolaversa, hozirgiday bekamu-ko'st sport majmualari ham yo'q edi. SHukrki, hozirda yurtimiz sport mamlakatiga aylanib bormoqda. Bir-biridan ko'rkam sport arenalari qad rostlayapti. Barcha sharoitlar yaratib berilayapti. Bulardan oqilona foydalanish qolayapti xolos.

Hozirgi kunga etkazganiga shukr! Barcha qiyinchiliklar ortda qoldi. Yoshlikni yodga olib shunday xulosaga kelaman. Qachonki, biror maqsadni ko'zlasang - muammolardan cho'chimasliging kerak ekan. SHundagina o'ylaganinga va maqsadinga etishar ekansan.

Sport – mening hayotim

- Bazan o'ylanib qolaman. Sport menga nima berdi? Sportni tanlamaganimda kim bo'lar edim yoxud qaysi kasb egasi bo'lardim deb. Lekin shunga ishonchim komilki, sport ko'p narsa berdi. Sportchilik faoliyatim mobaynida katta yutuqlarga va obro'-etiborga ega bo'ldim. Boshqa kasbda o'zimni ko'ra olmayman. Ishlab ham ko'rdim. Mutaxassisligim bo'yicha soliq soxasida lekin sportdan uzoqda bo'la olmas ekanman. Bir so'z bilan aytganda hayotim mazmuniga aylanib bo'lgan ekan.

Armonim Olimpiada

- Sportdagi yagona armonim bu -  Olimpiadada ishtirok eta olmasligim. Bazan ushbu xolat afsuslanishimga sabab bo'ladi. Balki Olimpiya oilasidan o'rin olgan sport turi bilan shug'ullanganimda balki to'rt yillikning nufuzli turnirida ham yaxshi natijalarni qo'lga kiritgan bo'larmidim deb o'ylanib qolaman. Baribir Olimpiadaning shukuhi boshqacha bo'ladida. Lekin nolisam noshukurlik bo'lar, yuqorida aytib o'tganimdek, barchasidan ko'nglim to'ladi.

Ota-onam qarshi bo'lishgandi

- Aytib o'tganimdek, dehqon oilasida dunyoga kelganman. Yoshlikdagi beboshliklarimdan bezor bo'lgan otam yana jangovor sportga qatnayotganimni ko'rib, dastlab, qarshi bo'lgan edi. SHunday ham ko'p mushtlashadi. Endi sport bilan shug'ullanib, yana muammolar tug'dirmasmikun deya ikkilangan bo'lsa kerakda.  Keyinchalik muvaffaqiyatlarimni ko'rib, sportdan ayro bo'la olmasligimni anglab, oq fotixa berganlar. Doimo qo'llab-quvvatlab keladilar.

Ustozlarimning mehnati bisyor

- Ustozlarim haqida qancha gapirsam shuncha kam. Ulardan bir umr minnatdorman. Furqat Muxsinovdan dastlabki sir-asrorlarni o'rgangan bo'lsam. Muaytaydan Raxmatjon Ro'zioxunovdan ko'p narsani o'rgandim.

O'z o'rnida ushbu murabbiyimni O'zbeksitonda xizmat ko'rsatgan murabbiy unvonini olganligi bilan tabriklayman. Kikboksingdan Rashid Akalboev qo'l ostida shug'ullanganman. Natijalar qayd etishimda ushbu murabbiyning ham xissalari bisyor.

Hozirda Sunnat Ilyasov qo'l ostida mashg'ulotlar olib boraman. Ustozim borasida har qancha iliq fikrlar bildirishim mumkin. Soatlab gapirishim mumkin. Lekin qanday yaxshi inson ekanliklarini so'z bilan ifoda eta olmayman. Hozirgi kundagi faoliyatim va ozmi-ko'pmi yutuqlarim ushbu murabbiy bilan bog'liq. Barchasiga boshim erga tekunga qadar tazimdaman!

Ovqatlanish recepti haqida

- Bilasizmi? Mubolag'a bo'lmasa, milliy taomlarimizdek kalloriyasi kuchli eguliklar er yuzida bo'lmasa kerak. Lekin har qanday taomlarni tartib bilan istemol qilmasangiz salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ayniqsa, sportchilar uchun ovqatlanish tartibi muxim. Qolaversa, kalloriyasi kuchli taomlarni istemol qilish zarur. CHunki, mashg'ulotlar juda ko'p energiyani olib qo'yadi. Uning o'rnini aynan shunday eguliklar orqali to'ldirish mumkin.

Yosh sportchilarimizga har-xil kimyoviy preparatlardan foydalanmasliklarini maslaxat beraman. CHunki, uning biror erga foydasi bo'lsa, boshqa joyga zarar qilishi mumkin.

Tabiiy maxsulotlar istemol qilgani maqul. Jannatmakon yurtimizda istalgan meva va sabzovotlarni topishimiz mumkin. Ular tarkibida organizm uchun juda foydali ozuqalar mavjud.

“Paxtakor” va Serxio Ramos muxlisiman

- Boshqa sport turlaridan futbolga qiziqishim yuqori. O'zim “Paxtakor” futbol klubi tizimida ishlaganim uchun ushbu jamoaning eng sodiq muxlislaridanman.

Jahon futbolida “Real” ga ishqibozlik qilaman. Himoyachisi Serxio Ramosning xaqiqiy ixlosmandi bo'lman. Deyarli ikki kunda bir futbol o'ynaymiz. Layoqatim borasida maqtana olaman. Har qalay yaxshi o'ynaysan deyishadiku(kuladi).

UFC da jang qilishni orzu qilaman

- Birdan-bir maqsadim UFC da jang qilish. O'zimizdan Sunnat Ilyasov. jahonda esa, Mirko Krokoplarga ixlosim yuqori. Ular kabi yutuqlarga erishish istagida harakat qilayapman.

SHuning uchun, 2013 yildan buyon MMA da ham faoliyat olib borayapman. Natijalar yomon emas. Sunnat akam bilan astoydil ishlayapmiz. O'ylaymanki, mexnatlarimiz besamar ketmaydi.

Nasib qilsa, ushbu yo'nalishda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, bayrog'imiz sarbaland bo'lishiga o'z xissamni qo'shaman.


Ahmad ESHMATOV tayyorladi

Hamkorimiz News Arena gazetasidan olindi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing