So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

21 dek 14:42
Yangiliklar

Qilichbozlik

Zaynab Dayibekova: "O'zimga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman"

Teglar :  QilichbozlikZaynab
Bundan bir necha kun oldin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurgandi.

Davlat rahbari ushbu tashrifi vaqtida Respublika sportchilarini taqdirladi. Jumladan, qilichbozlik bilan shug'ullanib kelayotgan Zaynab Dayibekova "Neksiya" mashinasi bilan taqdirlandi.

Ushbu quvonchli voqeadan so'ng Zaynab xursandchiligini yashira olmayapti.

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif chog'ida ular menga "Neksiya" avtomashinasini sovg'a qildilar. Ushbu kichik xizmatlarimizni inobatga olib, mana shunday taqdirlaganliklaridan judayam xursandman. Qolaversa, yaqinda Qoraqalpog'istonda qilichbozlik majmuasi qurildi. Bularning barchasi uchun yurtboshimizga minnatdorchilik bildiraman. O'zimga bildirilayotgan ishonchni oqlab, Osiyo o'yinlari, jahon chempionatlari va Olimpiada o'yinlarida sovrindor bo'lishga harakat qilaman.

Bu yilgi musobaqalar? Sentyabr oyida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida fahrli uchinchi o'rinni egalladim. Bundan judayam xursandman. Undan tashqari bu yil Bolgariyadagi jahon chempionatida, Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etdim.

Kirib kelayotgan 2018 yil bilan hammani tabriklayman. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, o'z oldigan qo'ygan maqsadlariga erishishlarini tilayman. Yangi yil O'zbekiston uchun xar jabhada omadli kelsin", - dedi Zaynab.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing