So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

22 iyu 21:30
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

ZOOM platformasida terma jamoalarimizning tayyorgarligi muhokama qilindi

Tadbirda terma jamoalarimizning hozirgi holati, oldinda turgan kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va uning qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM), sport federaciya va associaciyalari mutasaddilari ishtirokida onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi. ZOOM platformasida o'tgan tadbirda terma jamoalarimizning hozirgi holati, oldinda turgan kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Unda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Vazir maslahatchisi Avaz Karimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, RSTIAM direktori Kamol Sirojitdinov, federaciyalarning masullari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab sportchilarimizni COVID-19 infekciyasiga qarshi emlashning yangi bosqichlarini o'tkazish masalasi ko'rib chiqildi. Bu borada Kamol Sirojitdinov hozirgi kunda avj olayotgan koronavirus infekciyasi haqida qisqacha malumot berib o'tdi. SHundan so'ng Markaz shifokori Sunnatilla Yulchiev terma jamoalarimiz bazalaridagi epidemiologik vaziyat, o'tgan davrda atletlarimizning qanchasi koronavirus infekciyasiga qarshi emlangani, virusning bugungi tarqalish holati bo'yicha hisobot berdi.

SHundan so'ng MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov bir yilga kechiktirilgan Konya-2021 V Islom birdamligi o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni bo'yicha gapirdi. SHerzod Rixsibaevich o'z nutqida hukumatimiz va xalqimiz bo'lajak musobaqada sportchilarimizdan ulkan natija kutayotganini inobatga olib, unga jiddiy tayyorgarlik olib borish lozimligini alohida takidladi. SHuningdek, u masullarga har bir jamoaning musobaqagacha bo'lgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarining rejasini yana bir karra ko'rib chiqish, uni takomillashtirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

Sportchilarimizni oldinda Rossiya Federaciyasining Vladivostok shahrida o'tadigan “Osiyo bolalari” musobaqasi ham kutib turibdi. Bu borada SHahrullo SHaripovich kerakli yo'nalishlar bo'yicha malumot berdi. Vazir o'rinbosari asosiy terma jamoalarimiz uchun etishib chiqayotgan yosh atletlarga ham katta ahamiyat qaratish zarurligi, kelgusida aynan ular sport maydonida Yangi O'zbekistonning “qalqoni” bo'lishini urg'uladi. Qolaversa, u bazi terma jamoalar olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarining borishidan ko'ngli to'lmayotgani, oshxonalardagi taomlar racionining atletlar uchun mos kelmayotgani, ayrim bazalarda gigienik holatning talab darajasida emasligi bo'yicha tanqidiy fikr bildirdi.

Avaz Karimov kun tartibidan o'rin olgan so'nggi masala “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida qabul jarayoniga tayyorgarlik” mavzusida hisobot berdi. Vazir maslahatchisi unda davlatimiz rahbarining joriy yil 23 may kuni ushbu mavzu yuzasidan o'tkazgan videoselektor yig'ilishida bergan topshiriqlari, yuklatilgan vazifalar ijrosini taminlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida malum qildi.

Yig'ilish yakunida har bir masullardan o'z vazifalariga yanada jiddiy etibor qaratishlari, echimini kutayotgan masalalarni hal qilish borasida ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing