Bosh sahifa
15 may 16:44 Tennis

18 yoshli dunyoning beshinchi raketkasi Rimdagi ishtirokini yakunladi

Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan amerikalik Kori Goff Rimdagi WTA 1000 turnirining 1/8 finaliga chiqa olmadi.

Goff WTA reytingining 38-pog'onasida borayotgan chexiyalik Mari Buzkovaga 6/4, 2/6, 2/6 hisoblarida yutqazib qo'ydi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Mari raqibasidan ustun keldi. 

Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Goff 6 ta eys, 2 ta qo'shxato va 3 ta breyk qayd etdi. Bitta ham eysni amalga oshira olmagan Buzkova 6 ta breyk evaziga keyingi bosqich masalasini hal qildi. Endi u chorak final chiptasi uchun rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqadi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar