Ayni daqiqalarda erkin kurash bo'yicha saralash bellashuvlari o'z yakuniga etib boryapti. 65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abbos Rahmonov final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Navoiylik kurashchimiz 1/2 finalda qozog'istonlik Rifat Saybotalovni 6-2 hisobida dog'da qoldirdi. Uning oltin medal uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi yarim finalda Umidjon Jalolovdan ustun kelgan Tumur Ochir (Mo'g'uliston) bo'ladi.
Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro'zov kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. 74 kg vazn toifasida kurashchimiz qozog'istonlik Nurkoja Kaypanovga qarshi gilamga chiqadi.