27 may kuni Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi. Jami 11 ta jang o'tkaziladigan boks oqshomining markaziy jangida qo'qonlik Abbosxon Yo'ldoshev sirdaryolik Mirjamol Abdug'afforovga qarshi ringga ko'tariladi. 66.6 kg vazndagi ushbu jang 4 raund etib belgilangan.
Malumot uchun, Abbosxon so'nggi jangini shu yilning 26 fevral kuni Toshkentda Dovrug'bek Ibragimovga qarshi o'tkazib, raqibini muddatidan avval mag'lub etgan edi. Ikkinchi raunddan keyin Ibragimovning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishgandi.