-57 kg vazn toifasida o'zbekistonlik Abdumalik Xalokov nimchorak final jangini o'tkazdi. Unga avstraliyalik CHarli Senior raqiblik qildi. Jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Abdumalik Xalokov g'alaba qozondi.
Qayd etish joiz, mazkur g'alabasi orqali vaznning oltinchi raqamli bokschisi bo'lmish Abdumalik Xalokov chorak finalga yo'l oldi.