Bosh sahifa
12 mar 06:10 Boks/MMA

Aleksandrlar qarama-qarshiligida Volkov g'olib bo'ldi!

UFC Fight Night 221 musobaqasidan o'rin olgan Aleksandr Volkov - Aleksandr Romanov jangi o'z nihoyasiga etdi.

UFC Fight Night 221 musobaqaning co main event jangi yakunlandi. Unda rossiyalik Aleksandr Volkov va moldovalik Aleksandr Romanov o'zaro jang qildi. 5 raundga mo'ljallangan jang ilk raunddayoq yakunlandi va unda Aleksandr Volkov ketma-ket zarbalar orqali raqibini texnik nokaut bilan mag'lub etdi.

Bu Volkov uchun ketma-ket qo'lga kiritilgan 6-g'alaba bo'ldi. Romanov esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Takidlash joiz, bu kecha doirasida texnik nokaut qayd etilgan yagona jang bo'lib turibdi.

Musobaqaning umumiy natijalari bilan tanishib boring!

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar