Dunyoning ikkinchi raketkasi Barselona turnirining finalida xuddi o'tgan yilda bo'lgani singari greciyalik Stefanos Cicipasni mag'lubiyatga uchratdi. Cicipas reytingning beshinchi pog'onasidan joy olgan.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Karlos 6/3, 6/4 hisobida zafar quchdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
Barcelona Open Banc Sabadell turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Alkarazga 477,795 dollar mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. U chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu Karlos uchun mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi to'qqizinchi sovrin bo'ldi.