Bosh sahifa
17 avg 09:51 Boks/MMA

AND NEW! Xamzat CHimaev UFC'ning yangi chempioni!

AQSHning Illinoys shtati, CHikago shahrida MMA bo'yicha UFC 319 turniri o'tkazildi.

Musobaqaning markaziy bellashuvi o'rta vazn toifasi chempioni, janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessi hamda reytingda uchinchi o'rinni egallab turgan BAA vakili Xamzat CHimaev o'rtasida kechdi.

5 raundlik titul bellashuvi to'liq davom etdi. Yakunda jang davomida faol bo'lgan Xamzat CHimaev ochkolar hisobiga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va o'rta vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.

SHunday qilib, CHimaev faoliyatidagi 15-jangida 15-g'alabasini nishonladi. Drikyus Dyu Plessi hisobida esa endi 23 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar