Bosh sahifa
17 apr 11:51 Tennis

Andrey Rublyov Monte-Karlo "Masters" g'olibi!

Dunyoning oltinchi raketkasi Andrey Rublyov nufuzli Monte-Karlo "Masters" turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Rossiyalik tennischi 2 soatu 36 daqiqa davom etgan final bahsida ATP reytingida 9-o'rinni egallab turgan daniyalik Xolger Runeni 5/7, 6/2, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. 

Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Rublyov hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Andrey 5, Xolger esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Hal qiluvchi uchinchi setda 1/4 hisobida o'yinni boy berayotgan Rublyov kambekni amalga oshira oldi. 

Bu uning faoliyatidagi 13-sovrin bo'ldi. Monte-Karlodagi muvaffaqiyatli ishtirok Rublyovga 1000 reyting ochkosi hamda 892,590 evro mukofot puli keltirdi. Rune esa 600 ochko va 487,420 evro ishlab oldi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar