Musobaqada yarim final uchrashuvlari o'tkazilib, bosh sovrin uchun kortga chiqadigan raketka ustalarining nomi malum bo'ldi. Kutilmaganda dunyoning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyov ATP reytingida 34-pog'onadan joy olgan argentinalik Sebastyan Baesga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2/6, 4/6.
Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, 76 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov eys zarbani amalga oshira olmadi. Baes esa bor yo'g'i bitta eys zarbani ijro etgan. Qo'shxatolar Andreyda 1 ta, Sebastyanda 3 tani tashkil etdi. Bugun Baes bosh sovrin uchun vatandoshi Francisko CHerundologa qarshi kortga chiqadi.