Bosh sahifa
28 iyu 07:56 Boks/MMA

Arnold Allen UFC 304 turnirida Giga CHikadzedan ustun keldi

Xabar berganimizdek, Manchesterda (Buyuk Britaniya) UFC 304 turniri bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning asosiy kardidan o'rin olgan ilk jang o'z nihoyasiga etdi.

Unda yarim engil vazn toifasida jang qiluvchilar — angliyalik Arnold Allen hamda Gruziya vakili Giga CHikadze to'qnashdi.

3 raundlik jang to'liq davom etdi va unda Allen ochkolar hisobiga zafar quchgani malum bo'ldi.

Bu orqali Arnold Maks Xollouey va Movsar Evloevdan qabul qilib olgan mag'lubiyatlaridan keyin g'alabaga erishdi. Giganing UFC'dagi rekordi esa 8:2 ko'rinishiga keldi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar