Bosh sahifa
07 fev 19:17 Futbol

"Barselona" olti nafar himoyachi nomzodini ko'rib chiqmoqda

"Barselona" yozgi transfer oynasida mudofaa chizig'ini kuchaytirish bo'yicha jiddiy ish olib bormoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi Ernandes ehtimoliy yangi o'yinchilarning short-listini tuzdi.

Ispan mutaxassisining ro'yxati quyidagicha: Sesar Aspilikueta, Andreas Kristensen (ikkisi ham – «CHelsi»), Niklase Zyule («Bavariya»), Matteys de Ligt («Yuventus»), Jyul Kunde («Sevilya») va Lisandro Martines («Ayaks»).

"Barsa" ayni damda La Liga jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar