Bosh sahifa
20 sen 10:53 Futbol

“Bavariya” rahbariyati Nagelsmanning kelajagi bo'yicha bayonot berdi

“Bavariya” prezidenti Gerbert Xayner jamoa ustozi Yulian Nagelsmann hozircha istefoga chiqarilmasligini tasdiqladi.

Myunxenliklar Bundesliga doirasida oxirgi 4 o'yindan beri (3 durang, bir mag'lubiyat) g'alaba qozona olmayapti va 7 turdan keyin turnir jadvalida 12 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

“Yulianga va uning butun jamoasiga to'la ishonamiz. Xalqaro tanaffusdan keyin u “Bavariya”da bor kuchi bilan ishlashda davom etadi”, deya bayonot bergan Xayner.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar