So’nggi yangiliklar

15:20"Реал" мухлислари учун хушхабар 0 14:59Турки Ал аш-Шейх Канело-Кроуфорд оқшомида 20 та жанг ўтказмоқчи 0 14:38Шахматчиларимиз “Dole Open–2025” халқаро турнирида иштирок этишади 0 14:17Дзюдочиларимиз Озарбайжон йиғинини якунлашди, энди навбат ёзги Универсиадага! 0 13:56Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ? 0 13:35Бугун супероғир вазн тоифасида мутлақ чемпионлик жанги ўтказилади: Усик – Дюбуа 2 (жанг вақти + трансляция) 0 13:14Рублёв камбэк эвазига 1/2 финалга йўл олди 0 12:53"8-раундда тизза билан ўтириб қолади" - Фьюри Усик - Дюбуа жангига тахмин билдирди 0 12:32"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 12:11Ислам Махачев нима учун Дастин Порьени ютишини истаётганини айтди 0 11:50Александр Усик - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Мэнни Пакьяо, Марио Барриос, Тим Цзю, Себастьян Фундора ва бошқалар тарозига чиқишди 0 11:08"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи 0 10:47Италия Хопман Кубоги финалига чиқди 0 10:26UFC 318 турнири жангчилари тарозига чиқишди 0

14 iyu 08:06
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Mamlakat chempionlari CHiroqchida aniqlandi

10-13 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanida belbog'li kurash bo'yicha 2012-2013 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvimidagi mazkur chempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 500 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida g'oliblik uchun kurash tushishdi.  

CHempionatning birinchi kunida dastlab, musoboqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Unda so'z olgan CHiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda federaciya bosh kotibi Abduxalil Malikovlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng musobaqa reglamentiga muvofiq, bellashuvlarga start berildi. Uch kun davom etgan chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 9 ta vaznda o'zaro kuch sinashishdi.

Takidlash joiz, musobaqa murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Ayniqsa, og'ir vazndagi kurashchilarning chiqishlari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing