"Orzuim Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish. U engil vaznda dunyodagi eng yaxshi jangchi. CHarlz Oliveyra va Islam Maxachevni mag'lub etganimdan so'ng Xabib bilan kurashishni istardim. Ammo bu hech qachon amalga oshmaydi.
Xabib engil vazn toifasi tarixidagi eng buyuk jangchi. Men ham Jorj Sen-Per bilan jang qilmoqchiman, chunki uning sababidan men MMA bilan shug'ullana boshlaganman", - dedi Dariush.
Beneil Dariush UFC 289 turnirida CHarlz Oliveyra bilan jang qiladi. Agar u g'alaba qozonsa, engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Islam Maxachev bilan chempionlik jangini o'tkazishi mumkin.