Bosh sahifa
03 iyu 16:27 Boks/MMA

Bilol Muhammad nima uchun CHimaev va Usman o'rtasidagi jang amalga oshmasligi mumkinligi haqida gapirdi

UFC jangchisi Bilol Muhammad Xamzat CHimaev va Kamaru Usman o'rtasidagi ehtimoliy jang bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.

"Yangi "Tvitter" davri biroz asabga tegadi. Xamzat Konor Makgregorni eslatib yubormoqda. U etiborni o'ziga qaratishni istaydi. U tvitlar yozadi, ammo bundan hech narsa chiqmaydi, shunday emasmi? Bu jang o'tkazilmaydi deb o'ylayapman. Bu shunchaki gap-so'zlar deb hisoblayman. 

Xamzat gapiradi, muxlislar esa bunga munosabat bildiradi: "O, CHimaev u bilan jang qiladi". Menimcha, bu diqqat markazda qolish uchun aytiladigan gap-so'zlar", - dedi Bilol. 

Manba : MMA News
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar