Ushbu jang bizning vaqt bilan ertaga tongda Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
"Lomachenko - autsayder? Bukmeker emasman va shu sababli bu borada nimadir deya olmayman. Menimcha, ushbu jang oldidan ikki bokschining imkoniyatlari teng", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko professional boksda 2013 yilda debyut qilgan. So'nggi jangida u amerikalik Jermeyn Ortisni mag'lub etgan. Bu Ortis uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'lgandi.
Xeynining so'nggi jangi esa avstraliyalik kichik Jorj Kambososoga qarshi revansh jangi bo'lgan va o'shanda ham u g'alaba qozongandi.