Bosh sahifa
30 dek 16:48 Boks/MMA

Bob Arum o'zi uchratgan eng kuchli pancher kimligini aytdi

Mashhur promouter Bob Arum eng engil vazn toifasida mutlaq chempion yaponiyalik Naoe Inoue (24-0, 21 KO) haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi o'rtalarida Inoue divizion tarixida ilk bor barcha titullarni birlashtirgan edi.

"Inouega dosh bera oladigan yagona bokschi bu Tayson Fyuri ekan. CHunki Fyurining vazni Naoedan og'ir. U o'qlangan miltiqqa o'xshaydi. Siz bu bokschining jangidan zavq olasiz.

Inoue kabi kuchli zarbaga ega jangchini hech qachon ko'rmaganman. U zarba beradi va raqibni nokautga uchratadi. Inoue haqiqatan ham o'zgacha bokschi", - deya Arumning so'zlarini keltiradi BoxingScene.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar