Bundesliga tarixida ilk bor 89-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa raqibga yutqazdi. Bremenliklar 89, 90+3 hamda 90+5-daqiqalarda dortmunliklar darvozasini ishg'ol etib, qoyilmaqom g'alabaga erishdi.
“Borussiya D” safida Yulian Brandt va Rafael Gerreyru gol urgan bo'lsa, “Verder”dan Li Byukenen, Niklas SHmidt hamda Oliver Berk to'p kiritdi.