Bosh sahifa
07 avg 09:05 Boks/MMA

Bugun Osiyo chempionatida U-19 yosh toifasidagi chorak final bahslari o'tkaziladi, unda 10 nafar hamyurtimiz ringga chiqadi

Boks bo'yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni doirasida U-19 yosh toifasidagi chorak final bosqichi janglari tashkil etiladi.

Unda O'zbekiston terma jamoasining barcha yigitlari, jami 10 nafar hamyurtimiz  ishtirok etadi.

Bugungi janglar ro'yxati:

-50 kg: Odilshox Halimov - Kiattisak Sukve (Tailand) 09:15

-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov - SHivam (Hindiston) 10:30

-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Kun Vang (Xitoy) 11:45

-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Seyoung Song (Janubiy Koreya) 13:00

-70 kg: Abdulaziz Jo'raqulov - Haosheng Jang (Xitoy) 15:45

-75 kg: Muhammadjon Yaqupboev - Ismail Orazmiradov (Turkmaniston) 15:45

-80 kg: Norbek Abdullaev - Jennan Suo (Xitoy) 16:45

-85 kg: Samir Sobirov - Troung Kiet Li (Vetnam) 17:00

-90 kg: Muhammadrizo Siddiqov - Hemant Sangvan (Hindiston) 18:15

+90 kg: Islam Salihov - Geonhui Lee (Janubiy Koreya) 19:00.

Bahslar Toshkent vaqti bilan 09:00 dan boshlab start oldi. Ikkinchi dastur uchrashuvlari 15:00 ga to'g'ri keladi.

Bellashuvlarni YouTube platformasidagi Asian Boxing kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar