"Yil jangchisi? Aleks Pereyra! Bu yigit buyuk va istedodli chempionni mag'lubiyatga uchratib, o'rta vazn toifasida kamarni qo'lga kiritdi", — deya savolga javob qaytardi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Pereyra noyabr oyida o'tkazilgan UFC 282 turnirida Israel Adesanyani beshinchi raundda nokautga uchratib, o'rta vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi. Aleks o'tkazilgan 8 ta jangning 7 tasida g'alaba qozongan.