"Murabbiylarimga achinaman. Ular men bilan ko'p ishladilar. Men juda ko'p xatolar qildim. Endi yanada ko'proq ishlashim kerak. Hammasini o'z qo'limga olaman.
G'alabadan xursandman. Boshqa tomondan uni nokaut qila olmaganimdan g'azabdaman", — dedi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, Berns-CHimaev jangi 10 aprel kuni UFC 273 turnirda bo'lib o'tgandi. Yakunda hakamlar qarori bilan Xamzat CHimaev g'alaba qozongandi.
Malumot uchun, CHimaev faoliyatida ilk bor to'liq uch raund jang qilgandi.