Bosh sahifa
11 apr 10:53 Boks/MMA

Dana Uayt CHimaevning jangi haqida: "Bu to'qnashuv asosiy janglarni ortda qoldirdi"

Dana Uayt UFC 273 turniri doirasida bo'lib o'tgan Xamzat CHimaev va braziliyalik Gilbert Byorns o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

"Bu men ko'rgan eng yaxshi janglardan biri bo'ldi. Arena tom manoda "portladi", odamlar aqldan ozishdi. Bu jang turnirning asosiy janglarini ham soyada qoldirdi. Men Jo Rogan, Nik va SHondan "Qaerdandir paydo bo'lib bunday natijaga erishgan yigitni oldin ko'rganmisiz?" deya so'radim. Oldin uni hech kim bilmasdi. Bir-ikki jangdan so'ng, u reytingdagi ikkinchi raqamli jangchi bilan kurash olib bordi va uni engdi.

Xamzat qotillar hukmronlik qiladigan divizionning beshinchi o'rinida. Buyog'iga hazillar o'tmaydi. Bugun u jiddiy sinovdan o'tdi. O'ylab ko'ring, uning ilgari bunday ajoyib daqiqalari bo'lmagan. Uning jangi turnirning asosiy janglaridan ko'ra ko'proq kutilgandi. Hamma u haqida gapirmoqda. Go'yo u o'z shahrida jang qilgandek, odamlar CHimaevning chiqishini ko'rib aqldan ozishdi", — dedi UFC rahbari matbuot anjumanida.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +2 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar