Agar Xamzat CHimaev Gilbert Bernsni mag'lub etsa, uning navbatdagi raqibi o'rta vazn toifasining birinchi raqamli jangchisi Kolbi Kovington bo'ladi.
Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt The Pat McAfea Show nashriga bergan intervyusida malum qildi.
“Agar Xamzat CHimaev shu dam olish kuni g'alaba qozonsa, uning navbatdagi jangini Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazamiz. Demak, bizni ajoyib janglar kutib turibdi va dunyoda agar hamma narsa joyida bo'lsa, men Xamzat va Kolbi jangini o'tkazishni xohlayman, buning uchun CHimaev ertaga g'alaba qozonishi kerak".