09 may 07:44
Boks/MMA
Daniel Korme UFC SHon-shuhrat Zaliga kiritildi
UFC 274 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan Maykl CHendler va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang yakunida afsonaviy jangchi Daniel Kormeni UFC SHon-shuhrat Zaliga qabul qilish marosimi bo'lib o'tdi.
Daniel yarimog'ir va og'ir vazn toifalarida UFC chempioni bo'lgan. U 10 ta chempionlik jangini o'tkazgan. UFC`da 2013 yilda debyut qilgan. MMAda umumiy 25 ta jang o'tkazib, 22 tasida g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, Maykl CHendler mana bu zarbasi bilan Toni Fergyusonni "uxlatib qo'ygan" edi.
Olamsport.com saytini Telegram da ham kuzating!