Bosh sahifa
19 mar 10:15 Tennis

Daniil Medvedev "Masters" finaliga chiqdi

AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning oltinchi raketkasi Daniil Medvedev yarim final uchrashuvida ATP reytingida 16-pog'onada borayotgan amerikalik Frensis Tiafoni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 7/6(4).

Bir soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 8, Tiafo esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida rossiyalik raketka ustasi ustunlikni mustahkamladi - 5:1.  

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar