Bosh sahifa
04 apr 12:49 Dzyudo

Davlat Bobonov vazn peshqadami, jami 15 dzyudochimiz Olimpiada reytingi hududida

Antaliya "Katta Dubulg'a" turniridan so'ng Xalqaro dzyudo federaciyasi sportchilarning yangi Olimpiada reytingini elon qildi.

Ahamiyatlisi, ayni paytda O'zbekiston terma jamoasining 15 nafar azosi licenzion hududdan joy olgan. Yigitlarimiz to'liq tarkibda, shuningdek, yana 4 nafar qizimiz Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi pog'onada turibdi. 


Dzyudochilarimizning yangilangan reytingdagi o'rinlari:

-60 kg:

1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 1936 ochko

15. Dilshodbek Baratov – 944


-66 kg:

1. Denis Vieru (Moldova) – 1960 ochko

17. Muhriddin Tilovov – 914

19. Sardor Nurillaev – 869


-73 kg:

1. Daniel Kargnin (Braziliya) – 2225 ochko

7. SHahram Ahadov – 1460

8. Obidxon No'monov – 1454

10. Murodjon Yo'ldoshev – 1370


-81 kg:

1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 2575 ochko

24. SHarofiddin Boltaboev – 664 (qitaviy kvota)


-90 kg:

1. Davlat Bobonov – 2174 ochko


-100 kg:

1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2435 ochko

7. Muzaffarbek To'raboev – 1279


+100 kg:

1. Tatsuro Saita (Yaponiya) – 1950 ochko

3. Alisher Yusupov – 1810

8. SHohruh Baxtiyorov – 1210


Ayollar:

-48 kg:

1. Abiba Abujakinova (Qozog'iston) – 1924 ochko

28. Halimajon Qurbonova – 556


-52 kg:

1. CHelsi Jayls (Buyuk Britaniya) – 2535 ochko

3. Diyora Keldiyorova – 2244

16. Sita Qadamboeva – 726


-70 kg:

1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 2534 ochko

16. Gulnoza Matniyazova – 865


Eslatma:

– Bu Olimpiada reytinining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;

– Jadvalda reyting etakchisi, licenzion hududdan joy olgan yoki qitaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;

– Bir vaznda ikki yoki undan ko'p sportchi licenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra tanlanadi.

Manba : olympic.uz
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +2 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar