Bosh sahifa
06 dek 13:51 Xokkey

Denis Davidov "Humo"dan ketdi

Himoyachi Denis Davidov "Humo" jamoasini tark etdi.

Toshkentning "Humo" xokkey klubi rossiyalik himoyachi — Denis Davidov bilan shartnomani bekor qildi.

"Humo" xokkey klubi va himoyachi Denis Davidov tomonlar kelishuviga asosan shartnomani bekor qilishdi.

Denis qanotli jamoa tarkibida 20 o'yinni o'tkazib, golli uzatma uchun 1 ochko to'pladi, foydalilik ko'rsatgichi +8.

Denisga  qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida omadlar tilab qolamiz - deya malum qilgan jamoa matbuot xizmati.

Jamoa bungacha himoyachi Evgeniy Sulimov va hujumchi Pavel Sinyavskiy bilan shartnoma imzolagan edi.

Manba : t.me/hc_humo
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar