Derrik o'z g'alabasidan so'ng chempionlik uchun jang qilishi borasidagi savolga javob berdi. U titul jangiga rozi, faqat bitta shart bilan.
"Ha, men chempionlik kamari uchun bajonidil jang qilgan bo'lardim. Faqat buning uchun UFC o'z qoidalariga biroz o'zgartirish kiritsa va chempionlik jangini uch raund qilib tashkil etsa bo'lgani. Agar bunday qila olmasangiz, telefonimga qo'ng'iroq qilib ovora bo'lmanglar. Bunday jangga tupuraman", - deydi Lyuis.