"Ha, biz Lomachenko bilan jang ushbu vazndagi so'nggisi bo'ladimi yoki yo'q, buni hal qilishimiz kerak. Bu erda katta janglar juda ko'p. O'rta engil vaznda boshida menga oson bo'lmaydi. Ammo bitta jang meni u erga oshiqtirmoqda, deb ayta olmayman.
Barcha katta janglar engil divizionda o'tkazilmoqda. Ko'ramiz, 21 may kuniga qadar o'zimni qanday his qilarkanman. Devis bilan jang uchun qolgan bo'larmidim? Albatta!", - dedi Xeyni.
21 may kuni Xeyni Las-Vegasda uch vazn toifasidagi sobiq chempion Vasiliy Lomachenkoga qarshi jangda kamarini himoya qiladi.