Jumladan, Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 11-sonli umumtalim maktabida "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, erkin kurash bo'yicha 2 karra jahon chempioni Dilshod Mansurov ishtirokida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirib, ular o'rtasida o'zaro do'stona raqobat muhitini shakllantirish va musobaqalar tashkil etish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilib, yoshlar orasida jinoyatchiliklarning oldini olish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni tanlab olishdan iborat.
Qizg'in tarzda bo'lib o'tgan suhbat davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.