So’nggi yangiliklar

15:20"Реал" мухлислари учун хушхабар 0 14:59Турки Ал аш-Шейх Канело-Кроуфорд оқшомида 20 та жанг ўтказмоқчи 0 14:38Шахматчиларимиз “Dole Open–2025” халқаро турнирида иштирок этишади 0 14:17Дзюдочиларимиз Озарбайжон йиғинини якунлашди, энди навбат ёзги Универсиадага! 0 13:56Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ? 0 13:35Бугун супероғир вазн тоифасида мутлақ чемпионлик жанги ўтказилади: Усик – Дюбуа 2 (жанг вақти + трансляция) 0 13:14Рублёв камбэк эвазига 1/2 финалга йўл олди 0 12:53"8-раундда тизза билан ўтириб қолади" - Фьюри Усик - Дюбуа жангига тахмин билдирди 0 12:32"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 12:11Ислам Махачев нима учун Дастин Порьени ютишини истаётганини айтди 0 11:50Александр Усик - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Мэнни Пакьяо, Марио Барриос, Тим Цзю, Себастьян Фундора ва бошқалар тарозига чиқишди 0 11:08"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи 0 10:47Италия Хопман Кубоги финалига чиқди 0 10:26UFC 318 турнири жангчилари тарозига чиқишди 0

03 iyu 18:25
Yangiliklar

Dzyudo

Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi azoligiga saylandi!

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Atletlar komissiyasi azoligi uchun saylov bo'lib o'tgandi.

Unda akreditaciyadan o'tgan sportchilargina nomzodlarga ovoz berish huquqiga ega bo'lgandi. Komissiya 9 azodan iborat: 5 nafari sportchilar, qolgan 4 nafari IJF Ijroiya qo'mitasi tomonidan saylanadi. Bu yil sayyoramizning 5 qitasidan 20 nafar nomzod saylovda ishtirok etdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra saylanganlar:

Jasmin Martin (JAR) — Afrika dzyudo ittifoqi (AJU)

Kim Polling (Italiya) — Evropa dzyudo ittifoqi (EJU)

Ryunoske Xaga (Yaponiya) — Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA)

Natan Kac (Avstraliya) — Okeaniya dzyudo ittifoqi (OJU)

Ivan Felipe Silva Morales (Kuba) — Panamerika dzyudo konfederaciyasi (PJC)


Komissiya azolari tomonidan tasdiqlanganlar:

Nora Jakova (Kosovo)

Xidayat Geydarov (Ozarbayjon)

Diyora Keldiyorova (O'zbekiston)

Lukash Krpalek (CHexiya)


Yaqin kunlarda komissiya azolari rahbarni aniqlab olish uchun saylov jarayonini o'tkazishadi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi uchun alohida faxr shuki, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova 2025-2029 yillar uchun IJF Sportchilar Komissiyasi azoliga tasdiqlandi. O'zbekiston dzyudosi tarixida ilk Olimpiada chempionining Xalqaro dzyudo federaciyasining muhim organlaridan biri tarkibiga kiritilishi ahamiyatga molik voqeylik. 

Bu nafaqat Diyoraning faoliyati uchun muhim qadam, balki o'zbek dzyudosining jahon dzyudo hamjamiyatidagi o'rni va rolining ortib borayotganidan dalolat bermoqda. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi Diyora Keldiyorovani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi. Ishonchimiz komil, uning ovozi sportchilar manfaatlarini xalqaro maydonda qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing