Bosh sahifa
05 apr 07:29 Boks/MMA

Eddi Xirn Frensis Ngannuning boksdagi imkoniyatlarini past baholadi

Mashhur promouter Eddi Xirn MMA jangchisi Frensis Ngannuni professional reytingdagi bokschilarga qarshi jang qila olmasligini aytdi.

"Frensis Ngannuning boks mahorati bilan ringga chiqib, professionallar bilan jang qilib bo'lmaydi. Gap nafaqat Entoni Joshua, balki superog'ir vazndagi Top 20 nafar jangchi haqida ham ketyapti. Ammo Frensis raqibni nokautga uchratish ehtimoli yo'q emas.

SHunday ekan, u Entoni Joshua yoki Tayson Fyuri bilan jang qiladimi, buning ahamiyati yo'q. Fyuri Frensis uchun dahshatli raqib. Deontey Uaylder, Dillian Uayt, Derek CHisora, Jermeyn Franklin — bu yigitlarga qarshi jangda uning imkoniyati yo'q. U faqatgina agressiv harakat qilishi va ularni mag'lub etishga harakat qilishi kerak", - dedi Xirn.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar