Bosh sahifa
31 dek 09:59 Boks/MMA

ESPN mutaxassisi: "Beterbiev Bivolni nokaut qiladi"

Stiven Ey Smit Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol ehtimoliy jangiga munosabat bildirdi.

Taniqli teleboshlovchi va ESPN eksperti Stiven Ey Smit yarimog'ir vaznda WBC, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbievni (18-0) hamyurti, hozirda mazkur vaznda WBA Super kamari sohibi Dmitriy Bivol (21-0) bilan ehtimoliy jangda favorit deb hisoblashini aytdi.

"Bivol? Mana, men sizga aytaman. Beterbiev uni nokaut qiladi. Rosti, men shunday deb o'ylayman. Artur pancher bo'lganigina uchun emas, u doimo oldinga intiladi, raqibini taqib qiladi va uni ringda kesib tashlaydi. Undan shunchaki qochib ketish qiyin", - dedi Smit.

Artur Beterbiev so'nggi bor 18 may kuni AQSH vakili kichik Jo Smit (28-3-0)ga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Bivol esa ohirgi jangini 5 noyabr kuni meksikalik Xilberto Ramires (44-0)ga qarshi o'tkazib, hakamlarning qarori bilan g'alaba qozongandi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar