Bosh sahifa
04 sen 09:13 Dzyudo

European Open. Birinchi kun 2 ta medal qo'lga kiritildi

Avstriyaning Obervart shahrida dzyudo bo'yicha Evropa Ochiq chempionati davom etmoqda.

European Open 2022 musobaqasida dunyoning 37 davlatidan kelgan dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqishyapti. Ular orasida O'zbekiston ayollar terma jamoasining 6 nafar vakilasi ham bor. 

Birinchi kungi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Sita Kadambaeva (-52 kg) va Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi. Sita bronza medali uchun kechgan bellashuvda britaniyalik Sian Bobrovskani, Nilufar esa JAR vakilasi Jasmin Martinni mag'lubiyatga uchratdi. 

Biroz kutilmaganda, birinchi kungi bellashuvlardan so'ng Turkmaniston terma jamoasi 2 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibdi. Bittadan oltin va kumush medalga ega Franciya hamda SHveycariya terma jamoalari kuchli uchlikka yakun yasashgan.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar