Hozirgina ushbu kikboksing oqshomidan o'rin olgan jangda hamyurtimiz SHer Mamazulunov (15-6) rossiyalik yakkakurash ustasi Sergey Ponomaryovga hakamlarning noxolis qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ydi. Ushbu jang Fair Fight ligasining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechdi.
Eslatib o'tamiz, Fair Fight 16 turniri doirasida yana bir yurtdoshimiz Mavlud Tifiev hakamlar qaroriga ko'ra mezbon yakkakurash ustasi Kyamran Nabatiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Nabati bugun faoliyatidagi 11-jangidagi 11-g'alabasini tantana qildi.