Bosh sahifa
14 mar 16:28 Tennis

Feliks Oje "Masters"dagi ishtirokini yakunladi

AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirning ikkinchi haftasi boshlandi.

Kutilmaganda dunyoning to'qqizinchi raketkasi Feliks Oje musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. Kanadalik 21 yoshli Oje ATP reytingida 47-pog'onada borayotgan niderlandiyalik Botika van de Zandshulpga 6/7(4), 7/6(4), 3/6 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Uch soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda Oje 8 ta, 26 yoshli Zandshulp esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi muvozanat tiklandi - 1:1. Endi Botika BNP Paribas Open turnirining keyingi bosqichida serbiyalik Miomir Kechmanovichga qarshi kortga chiqadi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar