"Nima ham derdim, barchangiz ko'rdingiz. Hech o'ylamang. Yaqinlar, qarindoshlar, havotir olmang. Barchasi alo, hammasi yaxshi. Akam Sayat aytganidek, barchamiz birgalikda shu onlarga etib keldik: 5 yil oldin uyda o'tirib, hozirgi darajaga chiqishni orzu qilayotgandik.
Hammasi ajoyib. Maqsadim - yuqori, jangovor janglar ko'rsatish edi, shanba kuni buni uddaladim. Yuzimga katta chandiqlar tushdi va bu ajoyib bo'ldi. Bu jangni ko'rish bir emas, ikki martalab qiziqroq bo'ladi. Sportdagi asosiy maqsadim - qiziqarli jangchi bo'lish", - dedi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Getji ushbu jangda hakamlarning qarori bilan g'alabaga erishgandi. Fiziev esa faoliyatida ikkinchi marta mag'lub bo'lgan edi.