Kecha ushbu "CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida o'z ishtirokini yakunlagan Sergey Fomin bugun Sanjar Fayziev bilan birga Vladislav Manafov/Oleg Prixodko juftligiga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda ATP reytingida 363, Fayziev esa 902-o'rinni band etib turibdi. Ukrainalik raqiblarimizga kelsak, Manafov reytingning 1534, Prixodko esa 386-pog'onasidan joy olgan.