Bosh sahifa
07 iyu 12:35 Formula-1

Formula-1. Lando Norris – Buyuk Britaniya Gran-prisi g'olibi!

Nortgemptonshirdagi "Silverstoun" trassasida 2025 yilgi Formula-1 mavsumining o'n ikkinchi bosqichi – Buyuk Britaniya Gran-prisi bo'lib o'tdi.

Unda "McLaren" poygachisi Lando Norris g'olib chiqdi. Ikkinchi o'rinni uning jamoadoshi Oskar Piastri egalladi. Uchinchi pog'ona "Sauber" piloti Niko Xyulkenbergga nasib etdi. 37 yoshli germaniyalik poygachi faoliyatida ilk bor Formula-1 podiumiga ko'tarildi. Oxirgi Gran-pri uning faoliyatidagi 239-si bo'ldi.

Nortgemptonshir. Jahon chempionati

12-bosqich. Buyuk Britaniya Gran-prisi

Top-15 talik:

1. Lando Norris ("McLaren")

2. Oskar Piastri ("McLaren")

3. Niko Xyulkenberg ("Sauber")

4. Lyuis Xemilton ("Ferrari")

5. Maks Ferstappen ("Red Bull")

6. Per Gasli ("Alpine")

7. Lans Stroll ("Aston Martin")

8. Aleksandr Albon ("Williams")

9. Fernando Alonso ("Aston Martin")

10. Jorj Rassell ("Mercedes") 

11. Oliver Berman ("Haas")

12. Karlos Sayns ("Williams")

13. Esteban Okon ("Haas")

14. SHarl Lekler ("Ferrari")

15. Yuki Cunoda ("Red Bull").

Poygani tugata olmaganlar: Andrea Kimi Antonelli ("Mercedes"), Isak Xajar ("Racing Bulls"), Gabriel Bortoleto ("Sauber"), Liam Louson ("Racing Bulls"), Franko Kolapinto ("Alpine").

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar