18 iyu 09:59
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam. Javohir va Nodirbek pley-offdagi ilk o'yinlarda qanday natija ko'rsatdi?
Mazkur nufuzli turnirda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ishtirok etayotganligi va ular guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazganliklari haqida xabar qilgandik.
Hamyurtlarimiz g'oliblar yo'lida chorak final bahslarida ishtirok etishdi.
Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi ikkita partiya o'tkazdi va 0,5 : 1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Javohir Sindarov esa chorak finalda amerikalik Hans Niemannga qarshi dona surdi. Asosiy partiyalar 1:1 hisobida yakunlandi. Tay-brekda esa Javohir 1:3 hisoblarida mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa, vakillarimiz g'oliblar yo'lida chorak finalda o'z yurishlarini to'xtatishdi.
Endi yigitlarimiz mag'lublar yo'lida musobaqadagi ishtiroklarini davom ettirishadi.
Fikrlar