19 iyu 09:23
Yangiliklar

Freestyle Grand Slam. Abdusattorov va Sindarovda qanday natija? Ular qancha mukofot puli ishlab olishdi?
Musobaqaning guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, 1/4 finalga yo'l olgan Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov mos ravishda hindistonlik Arjun Erigaisi hamda amerikalik Hans Niemannga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
SHundan so'ng hamyurtlarimiz mag'lublar yo'lida 3-o'rin uchun kurashni davom ettirishdi. Afsuski, bu urinish ham samarasiz ketdi. Sindarov shaxmat qiroli Magnus Karlsenga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi. Abdusattorov esa amerikalik Uesli Soga qarshi kechgan bahsning asosiy partiyalarida durang o'ynadi. Tay-brekda esa omad mezbon grossmeysterga kulib boqdi.
SHu tariqa, o'zbekistonlik yosh grossmeysterlar Freestyle Grand Slam turniridagi ishtiroklarini 9-12 o'rinlar bilan yakunlashdi. Omadsiz ishtirokka qaramay, ularning har ikkisi 10 000 AQSH dollaridan mukofot puli ishlab olishdi. Uchinchi o'rin sohibini 100 000 dollar kutib turgandi.
Fikrlar