Bosh sahifa
19 avg 09:14 Boks/MMA

Frensis Ngannu: "UFC tufayli 1 million dollardan mahrum bo'ldim"

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu tashkilotning shaxsiy homiylik siyosati sabab bitimlar bo'yicha 1 million dollardan ko'proq shartnomadan quruq qolganini malum qildi.

"Jangchilar homiylik daromadidan mahrum edilar. Bu biz uchun katta pul keltirar edi. Ammo, kompaniya bu imkoniyatdan faqat o'z manfaatlari yo'lida foydalanishda davom etmoqda. Promoushen bizga oktagonda kamida ikkita tasdiqlangan homiyni reklama qilishimizga ruxsat berish kerak. 

O'tgan yili UFC tufayli "Crypto" bilan amalga oshishi kerak bo'lgan 1 million dollarlik shartnomadan mahrum bo'ldim. Buning evaziga nima oldim? Inflyaciya ortib bormoqda”, — deb yozdi Ngannu ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu so'nggi jangini 23 yanvar kuni Siril Ganga qarshi o'tkazgan edi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar