Bosh sahifa
12 sen 18:30 Futbol

Gvardiola: "3 nafar futbolchimiz MYUga qarshi aniq o'ynolmaydi. Qolganlar esa tayyor"

Pep Gvardiola APL 4-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" to'qnashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Rayan Ait-Nuri, Omar Marmush va Rayan SHerki "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay olmaydi. Jon Stounzning maydonga tushishi so'roq ostida. Qolganlar o'yinga tayyor. 

Marmush taxminan keyingi FIFA kuni arafasida safga qaytsa kerak.

Transfer oynasi bizga Donnarummadek katta klub va terma jamoada o'ynaygan tajribali darvozabonni sotib olish imkonini taqdim etdi. U MYU bilan o'yinda boshlang'ich tarkibda tushadimi? Ko'ramiz. 

Hozirda tarkibimizda 26 emas, 16 nafar futbolchi bor.

Isakka shuncha pul to'landimi, demak, u shunga yarasha top-futbolchi bo'lsa kerak", – dedi "shaharliklar" ustozi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester derbisi" 14 sentyabr kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. 

Manba : City XTRA
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar