Bosh sahifa
19 apr 18:33 Xokkey

"Humo" yangi mavsum uchun tayyorgarlikni qachon boshlaydi?

"Humo" jamoasining yangi mavsum uchun tayyorgarligi qachon boshlanishi malum qilindi.

Xabar berganimizdek, bugun Toshkentning "Humo" xokkey klubi keyingi mavsum uchun rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Jamoa bosh menejeri Yuriy Opulskisning malum qilishicha, "qanotlilar"ga iyul oyigacha tanaffus elon qilinadi. Jamoa 1 iyul kuni Toshkentda yig'inga kirishadi.

Takidlash lozim, "Humo" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Belarus poytaxti Minsk shahrida yig'in o'tkazishi kutilmoqda. O'rtoqlik o'yinlari doirasida hamyurtlarimizga qaysi jamoalar raqiblik qilishi hozircha malum emas.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar