Bosh sahifa
22 apr 18:30 Futbol

"Inter" Dibalaga qiziqmoqda

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, futbolchi jamoaga erkin agent maqomida o'tishi mumkin.

Milan klubi mavsum so'nggida erkin agentga aylanadigan Dibala bilan muzokaralarni boshladi. "Inter" unga uch yillik va yiliga 7 mln evrolik shartnoma taklif qilishga tayyor.

28 yoshli argentinalik joriy mavsum "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar