Bosh sahifa
24 fev 22:35 Sport kurashlari

Islomjon Bahromov Istanbul reyting turniri g'olibi!

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha yilning dastlabki reyting turniri davom etmoqda.

Bugun musobaqaning ilk kuni yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlarning tashkil etilayotgani hamda kunduzgi saralash bahslaridan so'ng 3 nafar kurashchimiz oltin va yana bir bronza medali uchun gilamga chiqishi malum bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Quvonarlisi, biroz avval 63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Islomjon Bahromov final bahsida moldovalik jahon chempioni Viktor CHiobanuga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Nomdor raqibini 9-0 hisobida mag'lub etgan Bahromov Istanbul reyting turniri g'olibiga aylandi. 

Malumot uchun, Islomjon finalga qadar ozarbayjonlik Taleh Mammadovni 8-2, turkiyalik Rahman Bilichini 9-6, qirg'izistonlik Dastan Kadirovni 9-1 hisobida taslim etgan edi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar